Foydalanish qoidalari
Qoidalar qisqa, chunki asosiy talab bitta: joylagan narsangiz oʻzingizniki boʻlsin va u haqiqatga toʻgʻri kelsin.
Retsept joylashda
- Retsept oʻzingiz sinab koʻrgan boʻlsin. Boshqa saytdan koʻchirilgan matn olib tashlanadi.
- Rasm oʻzingiznikiki boʻlsin. Internetdan olingan studiya rasmi bilan joylangan retsept olib tashlanadi — bu saytning butun maʼnosini buzadi.
- Ingredient miqdorlari haqiqiy boʻlsin. «Ikki piyola» deb yozib, keyin izohda «aslida uchta kerak» deyish — oʻquvchi uchun buzilgan taom.
- Reklama, telefon raqam va tashqi doʻkon havolalari boʻlmasin.
Izoh va «Pishirdim» postlarida
- «Pishirdim» posti uchun rasm va baho majburiy. Pishirmasdan baho qoʻyib boʻlmaydi.
- Tanqid mumkin va foydali — lekin taomga, muallifga emas.
- Haqorat, kamsitish va shaxsiy maʼlumot (telefon, manzil) yozilmaydi.
Yangi hisoblar uchun cheklov
Spamga qarshi, yangi hisob birinchi kunlarda kuniga cheklangan sondagi retsept va izoh joylay oladi. Bu cheklov keyin oʻz-oʻzidan olinadi. Retsept joylash uchun email manzilni tasdiqlash ham talab qilinadi.
Nima olib tashlanadi
Yuqoridagilarni buzgan kontent yashiriladi. Uchta shikoyat kelgan post moderator koʻrguncha avtomatik yashiriladi — bu odam kelguncha kutib turmaslik uchun. Qoidalarni takroran buzgan hisob bloklanadi.
Oʻz kontentingiz
Joylagan retsept va rasmlaringiz sizniki boʻlib qoladi. Ularni istalgan vaqtda tahrirlashingiz yoki oʻchirishingiz mumkin. Saytga joylash bilan siz ularni shu saytda koʻrsatishga ruxsat berasiz, xolos.
Shikoyat va bogʻlanish
Har retsept va izoh ostida shikoyat tugmasi bor. Mualliflik huquqi buzilgan boʻlsa yoki boshqa jiddiy masala boʻlsa — shu tugmadan foydalaning, shikoyat moderator navbatiga tushadi.
Oxirgi yangilanish: 2026-08-17



