Maxfiylik siyosati
Bu sahifa saytning hozirgi holatini tavsiflaydi. Maʼlumot oqimi oʻzgarsa, sahifa ham yangilanadi va yuqoridagi sana almashadi.
Kirish uchun
Hisobga kirish Google, email yoki telefon raqam orqali amalga oshadi. Autentifikatsiyani Google Firebase Authenticationbajaradi — parolingiz bizda saqlanmaydi va biz uni koʻra olmaymiz.
Kirganingizdan keyin brauzeringizga sessiya cookiesi qoʻyiladi. U httpOnly — sahifadagi hech qanday skript uni oʻqiy olmaydi. Bu cookie faqat sizni tanish uchun; kuzatuv yoki reklama uchun ishlatilmaydi.
Nima saqlanadi
- Profil: foydalanuvchi nomi, koʻrsatiladigan ism, ixtiyoriy bio, shahar va avatar.
- Kontent: joylagan retseptlaringiz, izohlar, rasmlar va baholar.
- Email tasdiqlangani — retsept joylash huquqi shunga bogʻliq.
Manzil, toʻlov maʼlumoti yoki kontaktlaringiz soʻralmaydi va saqlanmaydi.
Rasmlar va EXIF
Telefon rasmi ichida odatda GPS koordinatalari boʻladi — yaʼni rasm qayerda olingani. Yuklashdan oldin rasm brauzeringizning oʻzida qayta siqiladi va shu jarayonda barcha EXIF maʼlumot, koordinatalar bilan birga, olib tashlanadi. Serverga faqat rasmning oʻzi yetib boradi.
Kim koʻradi
Profilingiz, retseptlaringiz va izohlaringiz ochiq — ularni har kim koʻra oladi va Google indekslashi mumkin. Email manzilingiz va telefon raqamingiz hech qachon koʻrsatilmaydi.
Uchinchi tomonlar
- Google Firebase — autentifikatsiya, maʼlumotlar bazasi va rasm saqlash. Serverlar Yevropa Ittifoqida.
- Vercel — saytning oʻzi shu yerda ishlaydi. Server soʻrovlarining texnik jurnallari yuritiladi.
Hozircha analitika xizmatlari (Google Analytics va shunga oʻxshash) ulanmagan. Ulangan kunda ular shu roʻyxatga qoʻshiladi.
Oʻchirish
Har bir retsept va izohni oʻzingiz oʻchira olasiz. Hisobingizni butunlay oʻchirishni istasangiz — shikoyat tugmasi orqali yoki bogʻlanish usulidan foydalanib yozing; hisob va unga bogʻliq kontent oʻchiriladi.
Bolalar
Sayt 13 yoshdan kichik bolalar uchun moʻljallanmagan va ulardan ataylab maʼlumot toʻplamaydi.
Oxirgi yangilanish: 2026-08-17



