Oshxona haqida
Internetda retsept koʻp. Lekin ularning aksariyati bitta savolga javob bermaydi: bu haqiqatan ishlaydimi? Chiroyli studiya rasmi bilan uyda chiqadigan natija koʻpincha bir-biriga oʻxshamaydi.
Shu sababli bu saytda har retsept ostida uni haqiqatan pishirgan odamlarning rasmlari turadi. Muallif rasmi yonida oddiy telefon bilan olingan natijalar — «shunday chiqishi kerak» va «odamlarda shunday chiqdi». Aynan shu taqqoslash retseptga ishonch beradi.
Nima qilish mumkin
- Retsept qidirish — nomi boʻyicha ham, ingredient boʻyicha ham
- Oʻz retseptingizni qadamli rasmlar bilan joylash
- Pishirganingizdan keyin rasm va baho qoldirish
- Savol berish va boshqalarga maslahat yozish
Reyting qanday hisoblanadi
Baho faqat rasm bilan birga qoʻyiladi — yaʼni taomni haqiqatan pishirgan odam baholaydi. Bir kishi bitta retseptga bitta baho qoldiradi va uni keyin oʻzgartira oladi. Oʻrtacha bahoni server oʻzi hisoblaydi; uni na muallif, na boshqa hech kim qoʻlda yoza olmaydi.
Til
Hozircha oʻzbek tilida. Qidiruv lotin va kirill yozuvini ikkalasini ham tushunadi — «плов» deb yozsangiz ham, «plov» deb yozsangiz ham bir xil natija chiqadi. Rus tili keyinroq qoʻshiladi.
Bogʻlanish
Taklif yoki muammo boʻlsa — qoidalar sahifasida bogʻlanish usullari yozilgan.



